Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
YOSH EKOLOGLAR UCHUN BOTANIKA BOG‘IGA EKOLOGIK EKSKURSIYA TASHKIL ETILDI

Ekskursiya davomida yoshlar botanika bog‘ida o‘sayotgan noyob daraxt va o‘simlik turlari, ularning biologik xususiyatlari hamda bioxilma-xillikni asrab-avaylashning ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, tabiatni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish, ekologik madaniyatni oshirish hamda atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish mavzularida suhbatlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, yoshlar bilan ishlash, ekologik tarbiyani kuchaytirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va yashil hududlarni asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu jarayon “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

✅ Bunday tadbirlar yosh avlodda tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat va atrof-muhitni asrashga bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5