Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.

 Toyloq tumani Charag'bon mahallasida joylashgan 21-umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan tuman Kengashi deputati Matluba Aminova ishtirokida "Konstitutsiya - bizning bosh qomusimiz" mavzusida huquqiy-ma'rifiy uchrashuv o'tkazildi.  

  Muloqot davomida o'quvchilarga Yangi konstitutsiyamizga kiritilgan o'zgartirishlar haqida ma'lumot berildi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga tuman Kengashi deputatidan javob olishdi.   

Slide 1 of 1