Mangoliya davlatining Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan Kurash bo‘yicha Jahon chempionatida Ishtixon tumani “Bo‘ston” MFY Bo‘ston qishlog‘idagi sportimiz Rabbimova Mehribon 52 kg vazn toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Raximov Mutallib Amirqulovich jahon chempioni bo‘lgan Rabbimova Mehribon Otabek qizi oilasida bo‘ldi. Deputat Raximov Mutallib hozirgi kunda davlatimiz tomonidan yoshlar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, ayniqsa qizlarimizni sport sohasida erishayotgan yutuqlari tahsinga sazovor ekanligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Chempion qizni keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilab, yurtimiz bayrog‘ini yanada balandroq ko‘tarib, ko‘plab musobaqalarda yuqori natijalarga erishishiga tilak bildirildi.