Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Zo‘rovonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida “Qizlar tarbiyasida onalarning o‘rni” mavzusida tuman seminari o‘tkazildi.

 Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashki 20-maktabda “Zo‘rovonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida “Qizlar tarbiyasida onalarning o‘rni” mavzusida tuman seminari o‘tkazildi. Seminarga tuman hokimi o‘rinbosari xotin qizlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i N.Najmidinova, tuman deputatlar Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova, tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori katta leytenat D. Kamolova hamda ekologiya partiyasidan tuman Kengashiga saylangan deputat L.Karimova, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi psixolog metodisti B.Hamidovalar
bilan bir qatorda umumta’lim maktab psixologlari hamda ota-onlar ishtirok
etishdi. Ushbu seminarda onalarga qiz bola tarbiyasida onalarning
o‘rni muhimligini, qiz bola tarbiyasida do‘stona munosabatda bo‘lish lozimligi
ularni har birini nazoratga olish kerakligi va shunga o‘xshash bir qancha
taklif va mulohazalar bildirildi.  

Slide 1 of 10