35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)
янв.21
Deputat nazorati: xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida.
янв.21
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA MUAMMOLARNI O‘RGANISH — E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
ANGORDA ZAMONAVIY “YOSHLAR SAYILGOHI” BARPO ETILMOQDA.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – doimiy e'tibor markazida.
янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
Deputat so'rovi yuborildi

Deputat so‘rovi orqali aholi muammosi nazoratga olindi

🔴Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Xasan Abdimo‘minov tomonidan Bandixon mahallasi aholisini qiynab kelayotgan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan tegishli mas'ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

✅Deputat saylovchilar bilan uchrashuv davomida bildirilgan murojaatlarni o‘rganib, Bandixon mahallasining Izdoshlar, Baynalminal va Shifokorlar ko‘chalarida ichimlik suvi tarmoqlari mavjud bo‘lishiga qaramay, aholiga suv yetib bormayotgani masalasini ko‘tardi.Deputat so‘rovida mazkur muammoni zudlik bilan bartaraf etish hamda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiy ma'lumot taqdim etilishi so‘ralgan.

✅Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, hududlarda mavjud muammolarni hal etish va aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1