Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova ham ishtirok etdi.

O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimi, katta serjant A.Ismatov bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, yo‘l harakati madaniyatini oshirish, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida deputat va mas’ul xodim kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni birgalikda o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Slide 1 of 3