XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI IKKINCHI SESSIYASI TO‘GʻRISIDA AXBOROT
↩️Uchquduq tuman hokimligi katta majlislar zalida joriy yilning 28-noyabr kuni xalq deputatlari tumani kengashining navbatdagi 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, huquq-tartibot idoralari rahbarlari hamda kun tartibida muhokama qilingan masalalarga aloqador bo‘lgan korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdi.
⤵️ Sessiya ishini tuman hokimi, xalq deputatlari tuman kengashi raisi U.Yelmuratov boshqarib bordi.