Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati H.Allamurodov hamda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati D.Normuradovalarning shahardagi "Turon" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida deputatlar aholi bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tinglashdi. Fuqarolar tomonidan asosan uy-joy, moddiy yordam, kontrakt, kredit olish, ishga joylashish, sog‘likni tiklash, kommunal sohalarda va boshqa masalalardagi murojaatlar aytib o’tildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar hamda fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzib olinib, fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 6