Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

VII chaqiriq 2-sessiya e'loni

#Rasman

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi ikkinchi sessiyasi 2024-yil 25-noyabr kuni soat 14:00ga shahar hokimligi 3-qavat kichik majlislar zaliga chaqiriladi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

1. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining doimiy komissiyalari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida.

2. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashida ish yuritish yo‘riqnomasini tasdiqlash to‘g‘risida.

3. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida.

https://t.me/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy