Ishtixon tumanining barcha mahallalarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, belgilangan reja asosida ko‘chat ekish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi 24-Qulchara saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberganova Gulposhsha tomonidan yo‘l chetlarida, korxona, tashkilot, muassasalar hovlisida, aholi tomorqalarida ko‘chat ekish, yashil maydonlar barpo qilish borasidagi ishlar tashkil etilmoqda.