Bugun Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi
- Unda Bo‘stonliq tuman saylov komissiyasi raisi Norpo‘lat Qurbonovning joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
- Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, tuman Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
- Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari Jamshid Babajanov ishtirok etdi hamda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan Bo‘stonliq tumani hokimi lavozimiga Jo‘rabek Axmedov nomzodi ko‘rsatilganligini bildirildi.
- Tasdiqlangan deputatlarning nomzod borasidagi fikr va mulohazalari eshitilgach, Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining qarori bilan Axmedov Jo‘rabek Ilxomovich Bo‘stonliq tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.