O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va bu orqali tumanda yashil maydonlarni ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasidagi xayrli ishda Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari faol ishtirok etmoqda.