Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Samarqandda «Yangi O‘zbekiston» massivida 1700 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi

Tadbirni videoaloqa orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar jamoatchiligi ham kuzatdi. Viloyatlarda ham ko‘chatlar ekildi. 

Xususan, viloyatimizning deputatlari, barcha sektor rahbarlari, masullar, korxona va tashkilot rahbarlari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari Bulung‘ur tumanining Olmazor mahallasida barpo qilinayotgan «Yangi O‘zbekiston» massivida bo‘lib, bu ezgu ishga hissa qo‘shdilar.

Bu yerda 2 gektar yer maydoni ajratilib, loyiha doirasida viloyat jamoatchiligi 1700 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekishdi.

#Yashil_makon

Slide 1 of 9