35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Angor tumani Kengashi deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi jarayonida.
янв.21
Mahallalarni rivojlantirish — yangi bosqichda!
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, masalalar nazoratga olindi
янв.21
Kengash va “Madad” NNT hamkorligi fuqarolarning huquqiy himoyasi e’tiborda.
янв.21
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)
янв.21
Deputat nazorati: xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida.
янв.21
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.
Kotib

Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi.

Dunyo bo‘ylab 15 may — Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida “15 may - Xalqaro oila kuni”ga bag‘ishlab “Ibratli oila” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Madjidova Yoqutxon Nabievna mamlakatimizda oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal etish, oila vakilllarining tibbiy, ijtimoiy, huquqiy xizmatlardan foydalanishi uchun yaratilayotgan zarur shart-sharoitlar xaqida gapirib o‘tdi.

Slide 1 of 3