35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)
янв.21
Deputat nazorati: xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida.
янв.21
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA MUAMMOLARNI O‘RGANISH — E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
ANGORDA ZAMONAVIY “YOSHLAR SAYILGOHI” BARPO ETILMOQDA.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – doimiy e'tibor markazida.
янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash:

 Kambag‘allikni qisqartirish
va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Amaliy natijalar
 

Xalq deputatlari Piskent
tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, 22-Guliston saylov okrugi
deputati R.Muxtorova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova
tomonidan mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati va aholini kambag‘allikdan
chiqarish borasidagi ishlari o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida joriy
yilning aprel oyi yakunlari bo‘yicha quyidagi ijobiy ko‘rsatkichlar qayd
etildi:
 

Moliyaviy ko‘mak: Mahalladagi
10 nafar fuqaroga o‘z tadbirkorligini boshlash va kengaytirish uchun jami 100
million so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishi ta’minlandi.
 

Bandlik masalasi: Ko‘rilgan
chora-tadbirlar natijasida 7 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish o‘rinlariga
joylashtirildi.
 

Investitsiyaviy muhit:
Hududda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2 ta yangi mas’uliyati
cheklangan jamiyat (MCHJ) shaklidagi subyekt tashkil etildi va o‘z faoliyatini
boshladi.
 

"Maqsadimiz — har bir
oilaning daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash va mahallamizni
ishsizlikdan xoli hududga aylantirishdir. Kredit olgan fuqarolarimizning ishini
rivojlantirish va yangi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash doimiy nazoratimizda
bo‘ladi", — dedi R.Muxtorova.
 

Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (
https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/