Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI TOMONIDAN HAFTALIK YIG‘ILISH O‘TKAZILDI.
янв.21
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi
янв.21
MUNOSABAT: Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risidagi qonun – veterinariya xavfsizligi va chorvachilik rivojining muhim huquqiy asosi.
янв.21
#24_tavsiya ijrosida 📚 QALAMI BILAN MA’NAVIYATGA XIZMAT QILGAN DEPUTAT.
янв.21
Mahalla – islohotlar markazida.
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati
янв.21
MUNOSABAT: Madaniy faoliyat va madaniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun – milliy madaniyatimiz taraqqiyotining muhim huquqiy asosidir.
Mahalla infratuzilmasi rivoji – ustuvor vazifa

 🔹Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining joriy yil may oyi ish rejasiga muvofiq tuman Kengashining 7-Sulton saylov okrugi-hududi deputati Ne’matjon Sultonov “Tepaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inidagi saylovchilari bilan uchrashdi. Mahalla faollari faoliyatini o‘rgandi. Uchrashuvda tuman hokimi, mahalliy kengash deputati Qodirjon Erkaboyev hamda deputat, O‘zLiDeP tuman kengashi raisi Muxammadvali Mo‘minov ishtirok etdilar. 

🔹"Tepaqo‘rg‘on" mahalla fuqarolar yig‘inidagi Tepaqo‘rg‘on, Yangiqishloq, Qummozor, Chek qishloqlarida besh ming nafardan ziyod aholi yashaydi. Aholi o‘z tomorqalaridan unumli foydalanib, daromad topadi. 

Deputatlar va aholi vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda: mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bandligi va hududdagi
qishloq aholisining asosiy daromad topadigan mehnat faoliyati bo‘lgan bog‘dorchilik va dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish tarmoqlarini
rivojlantirish bilan bog‘liq-e’tibor talab jihatlardan bo‘lgan qishloq hududidan o‘tgan Oqqo‘rg‘on arig‘i-suv yo‘lini qayta tiklash kabi masalalar yuzasidan munozaralar bo‘ldi. Aholi vakillari savollariga ishtirokchilar tomonidan javoblar berildi.
 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1