✍️Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar doimiy komissiyasining navbatdagi sessiya oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅Yig‘ilishda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U. Maxmanazarov ishtirok etdi.
❇️Kun tartibida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi. Shuningdek, tuman salohiyatidan kelib chiqib mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish, ulardan samarali foydalanish yo‘nalishlari hamda daromadlarni oshirish bo‘yicha aniqlangan rezervlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅Yig‘ilish yakunida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Doimiy komissiya qaroriga ko‘ra, mazkur masala navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritildi.