Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi V. Ro‘ziyev deputatlik o‘rni vakant bo‘lgan Olti Qahramon mahallasida bo‘lib, hududda chiqindilarni olib ketish holatini o‘rgandi.
🏠O‘rganish davomida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, tozalash xizmatlari sifati hamda sanitariya holati atroflicha tahlil qilindi. Aholi bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi.
🏢Shuningdek, ayrim hududlarda chiqindilarni olib ketish tizimida kamchiliklar mavjudligi aniqlanib, ularni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda hudud tozaligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✍️Deputatlik o‘rni vakant bo‘lgan hududda ham aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.