Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklaydi.
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida faxriylar, urush qatnashchilari hamda deputatlar ishtirok etdilar.
янв.21
Xotira bor ekan — millat barhayot!
янв.21
#deputat_faoliyati #24_tavsiya
янв.21
#deputat_faoliyati
янв.21
#deputat_faoliyati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
Qarorning mazmun mohiyati
янв.21
Aholi murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Sevara Yo'ldosheva tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi tashkiloti rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Temirxo‘ja mahallasida ichimlik suvi muammosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova hamda 15-Mustaqillik saylov okrugi deputati J. Ochilov Temirxo‘ja mahallasida bo‘lib, hududdagi dolzarb muammolar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, 1967-yilda qurilgan suv inshootining yaroqsiz holga kelib qolganligi natijasida mahallaning qariyb 80 foiz xonadonlari ichimlik suvi ta’minotida uzilishlarga duch kelmoqda.

Mazkur muammo aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani inobatga olinib, uni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.

Shuningdek, mavjud muammoni tizimli hal etish, infratuzilmani yangilash hamda aholiga barqaror ichimlik suvi yetkazib berishni ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2