Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_tavsiya asosida
янв.21
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi.
янв.21
Dastur ijrosi – amalda
янв.21
Obod mahalla
янв.21
#deputat_faoliyati #24_tavsiya Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi raisi tomonidan 24-tavsiya ijrosi doirasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahalla faoliyatidan
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan Zang Gilambob mahallasida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Nazorat tadbiri davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 14-Kayran saylov okrugi deputati Primqulov Rustam tomonidan Kayran mahallasidagi xotin-qizlar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Sessiya ishi yakunlandi
Tibbiyot muassasasida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyadan saylangan deputat Y.Narbekov va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonlaridan “Qo‘shqo‘rg‘on” oilaviy shifokorlik punktiga qarashli “Aydarali” tayanch punkt faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish holati, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🔷Shuningdek, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 3