Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_tavsiya asosida
янв.21
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi.
янв.21
Dastur ijrosi – amalda
янв.21
Obod mahalla
янв.21
#deputat_faoliyati #24_tavsiya Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi raisi tomonidan 24-tavsiya ijrosi doirasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahalla faoliyatidan
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan Zang Gilambob mahallasida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Nazorat tadbiri davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 14-Kayran saylov okrugi deputati Primqulov Rustam tomonidan Kayran mahallasidagi xotin-qizlar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Sessiya ishi yakunlandi
Doimiy komissiya

Kun tartibiga muvofiq, yigʻilishda:

▪️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan tuman prokurori A.Usmonov axboroti va tumani IIOFMB boshligʻi A.Sarabekovlarning hisoboti toʻgʻrisida;

▪️Shayxontohur tumani Favqulotda vaziyatlar boshqarmasining 2026-yil birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi v.v.b. O.Ibragimovning hisoboti toʻgʻrisida;

▪️Shayxontohur tumani hokimligida joriy yilning I-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va ularning ijrosi yuzasidan tuman hokimligi umumiy boʻlimi boshligʻi J.Azizovaning hisoboti toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.

Xususan, jinoyatchilikni oldini olish, kriminogen vaziyatni yaxshilash va bu borada olib borilgan targʻibot va “qizil” toifadagi mahallalarda olib borilgan profilaktik ishlar haqida amalga oshirilgan ishlar hiqida hisobot berildi.

Shuningdek, mahalladagi aholi gavjum joylar va koʻchalariga 45 dona (reja 45 ta 100%), Koʻp qavatli uylarning hovlilariga 27 dona (reja 27 ta 100%) PTZ, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 55 dona (reja 55 ta 100%), tumanlardagi savdo markazlari va bozorlarga 10 dona (reja 10 ta 100%) kameralar oʻrnatilganligi aytib oʻtildi.

Bundan tashqari, tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish, aholi xavfsizligini taʼminlash va yongʻin xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya etilishini nazorat qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan masʼullar hisobot berib oʻtdi.

Yigʻilish davomida deputatlar tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tumanning iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy ahamiyatini oshirish yoʻlida muhum ahamiyatga ega boʻlib, tegishli takliflar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 4