Deputat mahalla faoliyati va aholi murojaatlarini o‘rgandi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati T.Berdiyarova "Amir Temur" mahallasida bo‘lib, mahalla mas’ullarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida deputat:
Mahalla raisi, xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam bilan ishlash tizimini ko‘zdan kechirdi.
Mahalla hududidagi aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning murojaat va muammolarini tingladi.
Asosiy e’tibor:
Mahalladagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratildi. Bildirilgan murojaatlarning yechimi bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.
Deputatlar va mahalla faollari hamkorligi aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.