Deputat va saylovchi: Muammolar uyma-uy yurib o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati Dj.Taxchiyeva o‘zi saylangan okrug hududida aholi bilan bevosita muloqot o‘tkazmoqda.
O‘rganishlar davomida:
Fuqarolar xonadonlariga kirilib, ularning turmush sharoiti va ijtimoiy muammolari tinglandi.
Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar joyida ko‘rib chiqilib, yechimi bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Hududni obodonlashtirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.
"Xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishi bilan yashash — har bir xalq vakilining asosiy vazifasidir", — deydi deputat Dj.Taxchiyeva.
Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari hudud bo‘ylab davom etmoqda.