Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Amaliy o‘rganish: Mahalladagi o‘zgarishlar e’tibor markazida

Amaliy o‘rganish: Mahalladagi o‘zgarishlar e’tibor markazida

Kecha Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov, kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda deputat R.Shamanov "Mustaqillik" mahallasida bo‘lib, aholi xonadonlarini ko‘zdan kechirishdi.

O‘rganish davomida:

Hokim yordamchisi ko‘magi: Kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, ajratilgan imtiyozli kreditlar hisobiga tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati tahlil qilindi.

Dastlabki hosil: Tadbirkorlikni boshlagan xonadonlarda yetishtirilgan ilk hosil pishib yetilib, allaqachon bozorga chiqarila boshlagani alohida e’tirof etildi.

Shuningdek deputatlar hududdagi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning murojaat va muammolarini tingladilar.

Ishlar samaradorligi va xonadonlardagi daromad manbalari joyida o‘rganilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6