Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_tavsiya asosida
янв.21
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi.
янв.21
Dastur ijrosi – amalda
янв.21
Obod mahalla
янв.21
#deputat_faoliyati #24_tavsiya Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi raisi tomonidan 24-tavsiya ijrosi doirasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahalla faoliyatidan
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan Zang Gilambob mahallasida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Nazorat tadbiri davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 14-Kayran saylov okrugi deputati Primqulov Rustam tomonidan Kayran mahallasidagi xotin-qizlar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Sessiya ishi yakunlandi
Xalq bilan muloqot - “Ko‘ksaroy” mahallasida dolzarb masalalar muhokamasi

Xalq bilan muloqot - “Ko‘ksaroy” mahallasida dolzarb masalalar muhokamasi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dilshod Shoumarov tomonidan Uchtepa tumani “Ko‘ksaroy” mahallasida fuqarolar, mahalla raislari hamda faollar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov, Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "14-O‘rikzor" okrugi deputati Abdurashid Abdushukurov, shuningdek, tumandagi ijro etuvchi organlar hamda kommunal soha vakillari, kadastr va favqulodda vaziyatlar xizmati mas’ullari ishtirok etdilar.

 ↗️ Yig‘ilish avvalida Dilshod Shoumarov tomonidan Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan mahallalarni obodonlashtirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Unda aholi turmush darajasini oshirish, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritildi.

 📁 Shundan so‘ng, Uchtepa tumani "14-O'rikzor" okrugi deputati Abdurashid Abdushukurov tomonidan 2026-yil I-chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi hamda tuman Kengashi qarorlari va tarmoq dasturlari doirasida “Ko‘ksaroy”, “O‘rikzor”, “Zarfashon” mahallalarida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy natijalarni bayon qildi.

 💬 Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan uzoq yillardan buyon yechimini kutayotgan qator muammolar ko‘tarildi. Jumladan, “Ko‘ksaroy” mahalla fuqarolar yig‘ini binosining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, Navo ko‘chasida irrigatsiya ishlarini amalga oshirish (yog‘ingarchilik paytida avtobus bekati atrofida suv to‘planishi natijasida aholiga noqulaylik yuzaga kelishi), Bositxon, Navro‘z, O‘rikzor va Tong ko‘chalarini asfaltlashtirish, shuningdek, O‘rikzor ko‘chasida 10 ta yoritish ustuni o‘rnatish masalalari alohida ta’kidlandi.

 📝 Yig‘ilishda ishtirok etgan Davlat kadastrlar palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani filiali boshlig‘i Xusniddin Bobojonov ushbu masala yuzasidan batafsil tushuntirish berib, uni hal etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi. O‘z navbatida deputat Dilshod Shoumarov mazkur muammoni hal etish yuzasidan zarur hollarda deputatlik so‘rovi kiritishga tayyor ekanini bildirdi.

 📈 Shuningdek, boshqa ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ham mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgani, ularning moliyalashtirish manbalari belgilangani qayd etildi.

 🗣 Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, bunday ochiq muloqot va sayyor qabullar aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish hamda davlat organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Deputatlar tomonidan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, ular bilan doimiy muloqot olib borish, jamiyatda ochiqlik va shaffoflik muhitini yanada mustahkamlaydi.

Slide 1 of 9