Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Bekobod tumani Kengashida ish yuritish tizimi hamda ijro hujjatlarining amaldagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tahlil jarayonida xalq deputatlari Bekobod tumanidan Toshkent viloyat Kengashiga saylangan deputat R.Pirmatov ishtirok etdi.

#kotibiyat_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Bekobod tumani Kengashida ish yuritish tizimi hamda ijro hujjatlarining amaldagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tahlil jarayonida xalq deputatlari Bekobod tumanidan Toshkent viloyat Kengashiga saylangan deputat R.Pirmatov ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyatida hujjatlar bilan ishlash tartibi, kirim-chiqim hujjatlarining yuritilishi, ularning ro‘yxatga olinishi va ijrosi ustidan nazorat mexanizmlari batafsil tahlil qilindi.

Xususan, yuqori turuvchi tashkilotlardan kelib tushgan topshiriqlar, qaror va farmoyishlarning ijrosi, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, ijro intizomiga rioya etilishi holati alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Shu bilan birga, hujjatlarning saqlanishi, arxivlashtirish jarayoni hamda elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish darajasi ham o‘rganildi.

Monitoring davomida mas’ul xodimlar bilan muloqotlar o‘tkazilib, mavjud kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Jumladan, ijro hujjatlari bilan ishlashda aniqlik va tezkorlikni ta’minlash, nazorat tizimini kuchaytirish hamda hujjat aylanishini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar bildirildi.

O‘rganish yakunida ish yuritish samaradorligini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash va hujjatlar bilan ishlash madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

📱 Telegram (https://t.me/TV_Kengash) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/toshkent_viloyati_kengashi) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61577107284073&locale=ru_RU)

Slide 1 of 1