Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
Deputat axboroti

Deputat X.Raxmatov joriy yilning birinchi choragi davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi murojaatlarini oʻrganish va ularga amaliy yechim topish borasida qator ishlar amalga oshirilganligini maʼlum qildi. 

Xususan, aholi bilan uchrashuv dаvomida ularni qiynayotgan muammolar tinglandi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi taʼkidlab oʻtildi.  

Shuningdek, hudud infratuzilmasini yaxshilash, taʼlim va tibbiyot muassasalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga erishildi. Deputatlik nazorati doirasida aholiga arzon oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan “Eski Juva” bozorida bir qator masalalar tegishli tartibda oʻrganib chiqilgani haqida aytib o'tdi. 

Bundan tashqari, deputat faoliyati boʻyicha mahalladagi eng muhum 24 ta yoʻnalish boʻyicha hokim yordamchisi, yoshlar va ijtimoiy xodimlarning faoliyati muhokama qilindi. Bu yoʻnalishlar boʻyicha ehtiyojmand oilalarga manzilli yordamlar tashkil etish, yoshlar bandligini taʼminlash, xotin-qizlar bilan ishlash, ularni qoʻllab-quvvatlash va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha profilaktik ishlar kuchaytirish hamda obodonlashtirish va tozalik ishlari tizimli ravishda amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar mahalla masʼullari tomonidan hisobot tarzida qabul qilindi. Hisobotlarda erishilgan natijalar bilan bir qatorda, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq rejalar ham belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida deputat Xasan Raxmatov kelgusida ham aholi farovonligini oshirish, mahalla hududlarni yanada rivojlantirish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa boʻlib qolishini maʼlum qildi.

Slide 1 of 1