Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI: MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

🔹 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

🔹 Kun tartibida Farg‘ona tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026 yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash hamda O‘zLiDeP Farg‘ona tuman Kengashi deputatlik guruhi tomonidan hududlarda elektr ta’minoti holatini o‘rganish yuzasidan deputatlik guruhi rahbarining axboroti muhokama qilindi.

🔹 Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari ishtirok etib, masalalar yuzasidan mas’ullar axborotlari tinglandi hamda taklif va mulohazalar bildirildi.

🔹 Xususan, deputatlar O. Dadajonova, F. Omonova, D. Karimov, A. Xamdamov, F. Abdusalomovlar o‘tkazilgan manzilli o‘rganishlar asosida shakllantirilgan dastlabki ro‘yxatni qo‘llab-quvvatladilar.

🔹 Shuningdek, kotibiyat mudiri Sh. Raximov elektr ta’minoti bo‘yicha ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va samarali sarflanishi, shuningdek fuqarolar murojaatlari asosida yuborilayotgan deputatlik so‘rovlariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

🔹 Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 6