Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Deputat maktabda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N.R. Qurbonova 10-“Saidlar” saylov okrugida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida davomad, darslar sifati hamda ichki muhit holatini o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabda jami 803 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Shundan 446 nafari yoki 55,5 foizini qizlar tashkil etadi. O‘qituvchilarning 91,2 foizi xotin-qizlardan iborat.

O‘tgan o‘quv yilida maktabni tamomlagan 55 nafar bitiruvchining 58,2 foizi respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan bo‘lsa, ulardan 22 nafari davlat OTMlariga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Deputat N.R. Qurbonova yosh avlodni tarbiyalashda maktab, mahalla, ota-onalar hamda deputatlar hamkorligini kuchaytirish orqali ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan qator takliflar bildirdi.