Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash nima ?
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
🏘 Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
⚖️ Aholi murojaatlari endi yanada jiddiy nazoratda!
янв.21
Deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Hududdagi tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faolyatiga oid
янв.21
Kengash doimiy komissiyasining vakolatlari
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va deputatlik nazorati masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Kotibiyat mudiri Raximqulov Jamshid hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati Ravshan Jovliyev hamkorlikda Yuqori Tallashqon mahallasida bo‘lib, mahalla profilaktika inspektori faoliyatini o‘rgandilar.
DEPUTAT MUAMMOLARNI JOYIDA O‘RGANDI

Xalq vakilining asosiy vazifasi — faqatgina majlislarda qatnashish emas, balki xalq ichiga kirib, ularning dardu-tashvishlari bilan yashash, mavjud muammolarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, yechim izlashdir.  

Bugun Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayev navbatdagi ishchi o‘rganishini shahardagi “Tozabog‘” hududida o‘tkazdi. Afsuski, hududdagi holat kishini quvontirmaydi. Tasvirlarda ko‘rib turganingizdek, mahalla ahlini anchadan beri qiynab kelayotgan bir necha jiddiy muammolar ko‘zga tashlanadi: 

Noxush manzara: Chiqindi muammosi. Aholi yashash joylariga yaqin hududda chiqindilarning tartibsiz to‘planib qolgani, maxsus konteynerlarning to‘lib-toshgani nafaqat hudud ko‘rkiga putur yetkazmoqda, balki antisanitariya holatini keltirib chiqarmoqda. 

Xaroba devorlar va qarovsizlik. Yana bir og‘riqli nuqta — yillar davomida ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan, nurab borayotgan devorlar va binolar atrofidagi qarovsizlik. Bu nafaqat noqulaylik tug‘diradi, balki xavfsizlik nuqtai nazaridan ham xavotirli. Hudud obodonchiligi masalasi oqsamoqda.  

 Deputat munosabati: 

"Ushbu holatni shunchaki kuzatib turish mumkin emas. Mahallamizning qiyofasi, aholimizning yashash sharoiti biz uchun birinchi darajali masala. Ushbu muammolarni hal qilish maqsadida shahar “Toza hudud” korxonasi rahbari bilan bog‘lanib, mazkur masalani tez orada ijobiy hal etish yuzasidan mutaxassis ajratilishiga erishildi. 

Slide 1 of 3