Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_tavsiya asosida
янв.21
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi.
янв.21
Dastur ijrosi – amalda
янв.21
Obod mahalla
янв.21
#deputat_faoliyati #24_tavsiya Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi raisi tomonidan 24-tavsiya ijrosi doirasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahalla faoliyatidan
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan Zang Gilambob mahallasida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Nazorat tadbiri davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 14-Kayran saylov okrugi deputati Primqulov Rustam tomonidan Kayran mahallasidagi xotin-qizlar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Sessiya ishi yakunlandi
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.

DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.

📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi 7-Yangiqo‘rg‘on saylov okrugi deputati D. Adilova tomonidan tuman obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i S. Iskandarov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌 Mazkur so‘rovda Yangiqo‘rg‘on mahallasida joylashgan Boybo‘ta qishlog‘ida yuzaga kelgan dolzarb muammo — daydi itlar sonining keskin ortib borayotgani alohida ta’kidlandi.

📌 O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki:

🔸 Daydi itlar soni sezilarli darajada ko‘paygan

🔸 Aholi, ayniqsa maktab o‘quvchilari xavfsizligiga tahdid kuchaygan

🔸 Fuqarolar tomonidan itlarning bolalarga hujum qilayotgani haqida murojaatlar kelib tushmoqda

Shu munosabat bilan:

✔️ Holatni atroflicha o‘rganish

✔️ Daydi itlar sonini kamaytirish

✔️ Aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish

✔️ Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish so‘raldi

⚠️ Eslatma: Amaldagi qonunchilikka ko‘ra deputat so‘rovini ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish mansabdor shaxslar uchun ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

📌 Mazkur masala deputat nazoratida.  

Slide 1 of 1