Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan o‘zi saylangan hudud “Istiqbol” mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda turmush darajasini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari amalga oshirildi. Xususan, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, aholiga ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning maqsadli va manzilli yo‘naltirilishi holati deputat tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari asosida fuqarolarga ajratilgan kredit mablag‘larining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, “Istiqbol” MFY fuqarosi I.Abdullayev tomonidan 20 million so‘m miqdorida olingan imtiyozli kredit hisobiga non mahsulotlari tayyorlash uchun zamonaviy non yasash apparati xarid qilinib, ushbu faoliyat yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi. Natijada, fuqaro tomonidan yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik faoliyati samarali tashkil etilib, qo‘shimcha daromad manbai yaratilgani hamda oilaning iqtisodiy ahvoli sezilarli darajada yaxshilangani kuzatildi. Mazkur o‘rganishlar hokim yordamchilari va “mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan ishlarning natijadorligi ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, kelgusida ham bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish, aholining bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka keng jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 4