Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Qoraboyeva, deputat Gulchehra Sobirova hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP Toshloq tuman Kengashi raisi G‘ayratjon Yuldashevlar Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida mahallada fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, fuqaro U. Tolipova hozirda rasmiy ish bilan band emas, turmush o‘rtog‘i esa Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. Hokim yordamchisining ko‘magi bilan oilada qoramolchilik orqali daromad topish tashabbusi qo‘llab-quvvatlanib, 100 mln so‘m kredit mablag‘i hisobiga 2 bosh zotdor qoramol olib berildi. Hozirgi kunda ushbu qoramollar parvarish qilinib, kuniga o‘rtacha 45 litr sut sog‘ilmoqda. Natijada oila daromadi sezilarli darajada oshgan.

Shuningdek, issiqxona tashkil etish istagini bildirgan fuqaro R. Usmanovga ham jami 30 mln so‘mlik kredit mablag‘i ajratilib, u gulchilik yo‘nalishida o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Joriy yilning yanvar oyida yetishtirilgan dastlabki gullarni sotish orqali ilk daromadiga ham ega bo‘ldi.

Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi mahalla yettiligi bilan hamkorlikda Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar ajratilishida ko‘maklashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda .

Slide 1 of 5