Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Ishtixon tumanida ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son Qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.

Mazkur qarorga asosan, ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish hamda tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari keng ko‘lamda tashkil etilishi belgilangan.

Xususan, 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida Xalqobod MFY hududida joylashgan ko‘p kvartirali uylar atrofida 353 mln so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy bolalar maydonchasi qurilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2026-yilda mahalliy byudjet va boshqaruv servis kompaniyalari mablag‘lari hisobidan qator uy-joylarda ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Jumladan:

O‘zbekiston MFYdagi 2 ta ko‘p kvartirali uyda kirish yo‘laklari va elektr shitlari yangilanadi,

Q.Qarshiyev MFYda kirish yo‘laklari ta’mirlanadi,

Ko‘tarma MFYdagi uy-joylarga kodli qulflar va energiya tejamkor yoritish vositalari o‘rnatiladi.

Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun jami 63 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning 50 foizi mahalliy byudjet, 50 foizi esa boshqaruv servis kompaniyalari hisobidan qoplanadi.

Sessiyada ushbu yo‘nalishda ishlarni samarali tashkil etish, aholiga qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlandi. 

Slide 1 of 3