Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Ishtixon tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Rustamovning tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika ishlari holati yuzasidan 2026-yilning o‘tgan davri bo‘yicha hisoboti eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, joriy yilning 2 oy 20 kunida tumanda jami 173 ta jinoyat qayd etilib, o‘tgan yilga nisbatan 51,8 foizga oshgan. Shundan 39 tasi (22,6 foiz) oldini olish mumkin bo‘lgan, 51 tasi (29,5 foiz) aniqlanadigan hamda 83 tasi (47,9 foiz) axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tahlillarga ko‘ra, ayrim turdagi jinoyatlar kamaygan bo‘lsa-da, ayrim yo‘nalishlarda o‘sish kuzatilgan. Xususan, qotillik, firibgarlik va o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari kamaygan. Biroq talonchilik, bezorilik hamda o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar oshgan.

Shuningdek, jinoyat sodir etgan shaxslar kesimida ish­sizlar, ayollar, ilgari sudlanganlar va mast holatda jinoyat sodir etganlar ulushi oshgani, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa 68,8 foizga kamaygani qayd etildi.

Tezkor tadbirlar davomida 34 ta giyohvandlik, 4 ta qo‘shmachilik, 5 ta noqonuniy qurol saqlash, 1 ta qimorxona tashkil etish va 4 ta ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlangan.

O‘g‘irlik jinoyatlari 25 foizga kamayib, 9 tani tashkil etgan. Shu bilan birga, qidiruvda bo‘lgan 56 nafar shaxsdan 11 nafari ushlangan, 45 nafari qidiruvda qolmoqda.

Mahallalar kesimida esa 62 ta MFYdan 1 tasi “qizil”, 3 tasi “sariq” va 58 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.

Sessiyada jinoyatchilikning, ayniqsa kiberjinoyatlarning oldini olish, mahallalarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, videokuzatuv tizimlarini keng joriy etish hamda aholi o‘rtasida “kibermadaniyat”ni oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3