Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik tashabbusi bilan ijobiy natija ta’minlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yuqori Tallashqon mahallasida ichimlik suvi ta’minoti ishlar olib borilmoqda
янв.21
Mahalla hayoti — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar tashkil etish qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Murojaatning ijobiy yechimi
янв.21
Deputat faolyati
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI
янв.21
ANGOR TUMANI DEPUTATi E’TIROF ETILDI
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashdagi OʻzLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda dastlab deputatlik guruhi rahbari Toʻlqin Joʻrayev muhokama etilayotgan masala yuzasidan deputatlar tomonidan olib borilgan oʻrganishlar yakunlari yuzasidan axborot berdi. 

Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazi boshligʻining hisoboti tinglandi.

Ushbu masala yuzasidan soʻzga chiqqan tuman Nuroniy jamgʻarmasi raisi, mahalliy Kengash deputatlari B.Boboqulov, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi M.Xalimov, tuman Nogironlar uyushmasi raisi B.Ergashevlar va OʻzLiDeP tuman Kengashi raisi oʻrinbosari-apparat rahbari B.Odilovlar ijtimoiy xodimlar tomonidan xonadonbay oʻrganishlar natijasida, ijtimoiy himoyaga muxtoj shaxslarga ijtimoiy ish doirasida keyslar ochilib individual xizmatlar rejasi orqali jtimoiy va hamkor tashkilotlarga yoʻnaltirish natijasida xizmatlar koʻrsatilganligi, joriy yilning 1-choragida keyslar ochilib, ijtimoiy va referal xizmatlar koʻrsatilganligi hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan arizalar qabul qilinib, “mahalla yettiligi” qarori shakllantirilib, xizmatlar koʻrsatib kelinayotganligi, ogʻir vaziyatga tushib qolgan oilalarga ijtimoiy xodimlar va markaz tomonidan homiylarni jalb etgan holda oziq-ovqat, kiyim-kechak, davolanish, uy-joyni taʼmirlash va moslashtirish yoʻnalishlari, shaxs va oilalarga yordamlar koʻrsatish dolzarb masala ekanligini taʼkidladilar.                         

 Davlat tomonidan berilayotgan mablagʻlarni toʻgʻri yoʻnaltirish va nazaoratga olish, kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan oʻz amaliy takliflarini bildirdilar. 

Slide 1 of 6