Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
#tabrik

#tabrik

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayol deputatlarga ehtirom

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman Kengashida faoliyat olib borayotgan ayol deputatlarga ehtirom ko‘rsatildi. 

Bugungi kunda ayol deputatlar jamiyat hayotida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda ijtimoiy masalalarni hal etishda munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Tadbir davomida ayol deputatlarning olib borayotgan samarali faoliyati alohida e’tirof etildi. Ularning tashabbuskorligi, mas’uliyati va fidokorona mehnati jamiyat taraqqiyoti hamda fuqarolar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, ayol deputatlar nafaqat davlat va jamiyat hayotida, balki oilada ham mehr-muhabbat, sabr-toqat va matonat timsoli ekanligi qayd etildi. Bayram munosabati bilan ularga samimiy tilaklar bildirilib, kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1