Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
DEPUTATLARIMIZ TADBIRDA ISHTIROK ETDILAR

Mirobod tumani mahallalarida faoliyat yuritayotgan mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari ishtirokida mahalla beshligi a’zolarining kasbiy malakalarini oshirishga qaratilgan Seminar-treningda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Karimov ishtirok etdi.

Seminarda deputat A.Karimov “Ijro hokimiyati-mahalliy Kengash-mahalla yettiligi”ni o‘zaro hamkorlik tamoyillari asosida tizimli faoliyat yuritishi va uning kelgusidagi ijobiy natijalari mavzusida ma’ruza qildi.  

Seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni; 

 O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni;

O‘zbekiston Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-sonli Farmon ijrosini ta’minlash borasida mahalliy deputatlar mahalliy hokimiyat bilan mahalla o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tashi to‘g‘risida tushunchalar berdi.

Seminarda mahalliy deputatlarning joylardagi faoliyati yuzasidan mahalla raislari bilan suhbat o‘tkazdi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash

Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 

Slide 1 of 6