Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
#nazorat #o'rganish

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi tomonidan 2026-yil fevral oyida qabul qilingan qarorlar (VII-37-17-10-147-K/26 va VII-37-11-10-147-K/26) shunchaki qog‘ozda qolib ketmasligi kerak! Ularning ijrosi — aholi turmush tarzi va farovonligining kafolatidir.

Shu maqsadda, "Uvaysiy" mahallasidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati deputatlar va soha mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda tahlil qilindi.

👥 Ishchi guruh tarkibi:

Deputatlar: Azamat Mavlonov, Fahriddin Matasimov;

Kengash kotibiyati: Sevar Qodirova, Muhriddin Begmatov;

Soha mas’ullari: Shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik bo‘limi mutaxassislari;

Ijrochilar: BSK rahbarlari va "Mahalla yettiligi".

📌O‘rganish markazidagi asosiy masalalar:

1️⃣Ichki yo‘llar holati: Mahalla ichidagi yo‘llarning nosozligi, asfalt qoplamasining yaroqsiz holga kelgani va piyodalar yo‘laklaridagi kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

2️⃣Tungi yoritish tizimi: Ko‘chalarning tunda yetarli darajada yoritilmaganligi aholi xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mavjud chiroqlarni ta’mirlash va yangilarini o‘rnatish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

3️⃣Yo‘l tirbandligi: Mahalla hududidagi tirbandliklarni kamaytirish, transport harakatini to‘g‘ri tashkil etish va noqonuniy to‘xtash joylarining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

4️⃣BSK faoliyati: Aholi tomonidan to‘lanayotgan badallarning uylarni ta’mirlashga (tom, yerto‘la, podyezd) maqsadli sarflanishi va sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

⚠️ Kamchiliklar va qat'iy ogohlantirish

O‘rganish jarayonida yo‘l infratuzilmasi va BSK xizmati bo‘yicha aniqlangan sustkashliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga qat'iy e’tirozlar bildirildi.

"Aholi to‘layotgan puliga yarasha sifatli xizmat olishi shart! Agar shartnoma majburiyatlari bajarilmas ekan, bunga nisbatan keskin choralar ko‘riladi," — deya ta’kidladi deputatlar.

Slide 1 of 5