Yig‘ilish davomida shahar Kengashi deputatlari tomonidan o‘tgan hafta mobaynida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
💬Xususan:
🔅Deputatlarning o‘z saylov okruglaridagi mahallabay o‘rganishlari;
🔅Fuqarolar qabuli va ijro etilgan deputatlik so‘rovlari natijadorligi;
🔅“24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahallalardagi “yettilik” faoliyatini tahlil qilish jarayonlari ko‘rib chiqildi.
💬Tahlil natijalariga ko‘ra, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va faoliyatni yanada jonlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
💬Shuningdek, yig‘ilishda joriy hafta uchun ustuvor vazifalar va ish rejalari belgilab olindi:
🔅Navbatdagi Kengash sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish;
🔅Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini davom ettirish;
🔅Aholi murojaatlari bilan ishlashda deputat va kotibiyat xodimlari hamkorligini kuchaytirish.
🫥Yig‘ilish yakunida barcha xodimlarga ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.