Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati B.Raxmatullayev (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/8326) o‘z saylov okrugidagi “Surxon sohili” mahallasida bo‘lib, aholi murojaatlari va mahalla infratuzilmasi holatini ko‘zdan kechirdi.
💬O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
🔅“Mahalla yettiligi” faoliyati: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni (https://lex.uz/docs/-6705763) asosida tashkil etilgan tizimning aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.
🔅Yo‘l infratuzilmasi: Mahalladagi bir necha ko‘chalarning yo‘l qoplamasi yaroqsiz holatga kelib qolganligi, bu esa aholi va transport vositalari harakati uchun jiddiy qiyinchilik tug‘dirayotgani aniqlandi.
🔅Elektr ta’minoti: Hududdagi eskirgan va yaroqsiz holatdagi elektr ustunlarini yangilash zaruriyati borligi ma’lum bo‘ldi.
📶Aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etish yuzasidan, Kengashning VII-6-22-8-121-K/25-sonli qarorida belgilangan tartib asosida mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Mazkur masalalarning hal etilishi deputat tomonidan qat’iy nazoratga olindi.
🫥Deputatlarimiz xalq bilan muloqot qilish va qonun ustuvorligini ta’minlash orqali aholi farovonligini oshirish yo‘lida xizmat qilmoqda!