Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik tashabbusi bilan ijobiy natija ta’minlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yuqori Tallashqon mahallasida ichimlik suvi ta’minoti ishlar olib borilmoqda
янв.21
Mahalla hayoti — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar tashkil etish qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Murojaatning ijobiy yechimi
янв.21
Deputat faolyati
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI
янв.21
ANGOR TUMANI DEPUTATi E’TIROF ETILDI
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan o‘z saylov okrugida joylashgan poyabzal ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurildi. Tashrifni tashkil etishda kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov ishtirok etdi.

Tashrif davomida korxonada ishlab chiqarish jarayoni, ishchilarga yaratilgan sharoitlar hamda mahsulot sifati o‘rganildi. Shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, xomashyo ta’minoti, mahsulotlarni realizatsiya qilish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

Korxona rahbariyati bilan o‘tkazilgan suhbatda ishlab chiqarishni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda hudud aholisini ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.

Tashrif yakunida korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5