Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_tavsiya asosida
янв.21
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi.
янв.21
Dastur ijrosi – amalda
янв.21
Obod mahalla
янв.21
#deputat_faoliyati #24_tavsiya Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi raisi tomonidan 24-tavsiya ijrosi doirasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahalla faoliyatidan
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan Zang Gilambob mahallasida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Nazorat tadbiri davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 14-Kayran saylov okrugi deputati Primqulov Rustam tomonidan Kayran mahallasidagi xotin-qizlar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Sessiya ishi yakunlandi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

🎙 Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Obloqul Isanov olib bordi.

Sessiyada tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.

📑 Xususan, sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1-masala, “Kengash so‘rovini” ijrosi to‘g‘risida;

2-masala, Boyovut tumanining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ekologik “master-reja”sini tasdiqlash to‘g‘risida;

3-masala, Boyovut tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari(2026-yil birinchi choragida shakllangan hamda elektron onlayn auksion savdolari orqali sotishdan tushgan mablag‘lar) va “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasida shakllangan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish to‘g‘risida;

4-masala, Boyovut tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yil 1-mavsumida o‘tkazilgan “Ochiq budjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida;

5-masala, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2025-yil 18-sentabrdagi “Boyovut tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2025-yil 2-mavsumida o‘tkazilgan “Ochiq budjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida”gi VII-15-97-9-123-K/25-sonli qaror ijrosini muhokama qilish to‘g‘risida;

6-masala, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishdamahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarorini tumandagi ijrosi to‘g‘risida.

7-masala, O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-668-son) yuzasidan tuman Kengashi deputati (X.Berdiyarova) ishtirokida jamoatchilik nazorati tizimi asosida o‘rganish yakunlari to‘g‘risida.

8-masala, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatining deputatlik vakolatini muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida.

Sessiyada Kengash vakolatiga kirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Slide 1 of 10