Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_tavsiya asosida
янв.21
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi.
янв.21
Dastur ijrosi – amalda
янв.21
Obod mahalla
янв.21
#deputat_faoliyati #24_tavsiya Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi raisi tomonidan 24-tavsiya ijrosi doirasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahalla faoliyatidan
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan Zang Gilambob mahallasida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Nazorat tadbiri davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 14-Kayran saylov okrugi deputati Primqulov Rustam tomonidan Kayran mahallasidagi xotin-qizlar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Sessiya ishi yakunlandi
Ishtixon tumanida “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalari tasdiqlandi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-34-V-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabdagi KQ-280-V-sonli
Q
arorlariga asosan 2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha “Ochiq budjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 1-mavsum uchun Ishtixon tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga jami 21,7 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Shundan 15,6 mlrd so‘m tuman mahalliy budjetidan, 1,8 mlrd so‘m erkin qoldiq mablag‘lardan hamda 4,2 mlrd so‘m avvalgi mavsumlarda iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan shakllantirilgan.

“Tashabbusli budjet” jarayonida fuqarolar tomonidan 144 ta taklif ilgari surilgan bo‘lib, yakuniy ovoz berish natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan 13 ta loyiha g‘olib deb topildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 21 mlrd 85 mln so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.

G‘olib loyihalar asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash, piyodalar yo‘laklari qurish (9 ta loyiha), maktablarga sport zallari qurish (3 ta loyiha) hamda elektr ta’minotini yaxshilash (1 ta loyiha) yo‘nalishlarini qamrab olgan.

Xususan, Yo‘g‘ontepa, Qoraqishloq, Chaqor, Barlos, Damariq kabi mahallalarda ichki yo‘llarni asfaltlash, Qiyot, O‘zbekqo‘rg‘on hamda 20-maktablarda sport zallari qurish, shuningdek Katta Qangli hududida elektr ta’minotini yaxshilash kabi muhim loyihalar tasdiqlandi.

Yig‘ilishda ushbu loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

Yakunida mas’ul tashkilotlarga loyihalar ijrosini qat’iy nazoratga olish va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

 

Slide 1 of 4