Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazoratga olinmoqda
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova tumanning “Yetimqum” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi hamda jarayonda bevosita ishtirok etdi.
Tashrif davomida hududda amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish, tozalash va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
️Bunday amaliy ishlar hududlarni yanada obod qilish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda yashash muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)