Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik tashabbusi bilan ijobiy natija ta’minlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yuqori Tallashqon mahallasida ichimlik suvi ta’minoti ishlar olib borilmoqda
янв.21
Mahalla hayoti — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar tashkil etish qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Murojaatning ijobiy yechimi
янв.21
Deputat faolyati
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI
янв.21
ANGOR TUMANI DEPUTATi E’TIROF ETILDI
Tomorqa yerlaridan samarali foydalanish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga asosan (https://t.me/kengash_margilon/2247?single) navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda shaharda tomorqa yerlaridan oqilona va samarali foydalanish holati atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida Kadastr agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi Marg‘ilon shahar filiali bo‘limi boshlig‘i P.Qoʻchqorovning mazkur yo‘nalishdagi amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Hisobotda tomorqa yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, mavjud yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish, ulardan maqsadli foydalanishni ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan sohaga oid qator taklif va mulohazalar bildirilib, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish orqali aholi daromadlarini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ekologik muvozanatni saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yer resurslaridan samarali foydalanishni kuchaytirish hamda bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3