Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati deputat e’tiborida
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat o‘z saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 1-Guliston saylov okrugi deputati Bahromov Isoxon Nosirovich tomonidan Guliston mahallasi yettiligi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Bugun mamlakatimizda fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalardagi muammolarni manzilli hal etish tizimi yangi bosqichga chiqdi. Buning yaqqol ifodasini Angor tumanida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar misolida ko‘rish mumkin.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat nazorati amalda
янв.21
Deputat nazorati: tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat hududdagi tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Nafisa Qurbonova tumandagi Dehqon bozoriga borib, mahsulotlar narx-navosi bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida bozorda sotilayotgan oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarning narxlari ko‘zdan kechirilib, ularning barqarorligi va aholiga qulayligi yuzasidan tahlillar olib borildi. Deputat sotuvchilar bilan bevosita muloqot qilib, narxlarning shakllanishi, ta’minot holati hamda mavjud muammolar haqida fikr almashdi. Shuningdek, ayrim mahsulotlar narxlarining o‘zgarib borayotgani qayd etilib, bu borada tegishli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Aholi manfaatlarini himoya qilish, bozorlarda narx-navoni barqarorlashtirish hamda savdo faoliyatini tartibga solish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish ishlari kelgusida bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash va aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3