Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
#96_qonun 📍 Veterinariya sohasiga oid qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Abdurazzaqov Faxriddin tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi "“Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi O‘RQ-397-sonli Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Ishtixon tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari ham ishtirok etib, sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mazmuni va amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida veterinariya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, chorva hayvonlari sog‘lig‘ini saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, hayvonlarni ro‘yxatga olish hamda veterinariya xizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan talab va majburiyatlar, veterinariya qoidalariga amal qilishning ahamiyati haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan chorvadorlarga amaliy tavsiyalar berilib, hayvonlarni parvarishlash, kasalliklarning oldini olish hamda veterinariya xizmatlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha zarur ma’lumotlar yetkazildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, veterinariya sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari bundan buyon ham davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3