Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik tashabbusi bilan ijobiy natija ta’minlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yuqori Tallashqon mahallasida ichimlik suvi ta’minoti ishlar olib borilmoqda
янв.21
Mahalla hayoti — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar tashkil etish qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Murojaatning ijobiy yechimi
янв.21
Deputat faolyati
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI
янв.21
ANGOR TUMANI DEPUTATi E’TIROF ETILDI
Deputat mutasaddilar bilan hududda sayyor qabul olib bordi

Deputat mutasaddilar bilan hududda sayyor qabul olib bordi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 10 - 13-mart kunlariga belgilangan "Haftalik ish rejasi"ga muvofiq, 4-"Universitet" okrugi deputati Anvarxon Aminov “Universitet” va “Orzu” mahallalarida Olmazor tumani mutasaddilari bilan birgalikda navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazdi. Unda Olmazor tuman Kadastr agentligi bo‘limi, 21-"Namuna" okrugi deputati D.Raxmatullayev, XDP Olmazor tumani Kengashi raisi X.Xamidov va bosh mutaxassis U.Shopotixov ishtirok etdi.

Qabul avvalida deputat mahalla yettiligi a’zolari bilan muloqot o‘tkazib, mahallada uchrayotgan muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr almashdi. Ochiq muloqot davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Aholini ko‘p vaqtdan buyon qiynab kelayotgan hududdagi noqonuniy qurilma hamda bolalar maydonchasidagi muammolar deputatlarning diqqat e’tiborini tortdi. Mazkur masalalar bo‘yicha mas’ul shaxsga deputat so‘rovi yuborilishi ta’kidlab o‘tildi.

Bunday tizimli o‘rganishlar natijasida muammolar joyida aniqlanib, ularni hal etish mexanizmlari tezkorlik bilan ishga tushiriladi. Eng muhimi, aholi murojaatlari qog‘ozda qolib ketmay, amaliy yechim topadi. Bu esa fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi, hududlarda ijtimoiy barqarorlik va osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qiladi. Deputat va mutasaddilarning hamkorlikdagi tashabbuslari mahallalarda qulay infratuzilma yaratish, xavfsizlikni ta’minlash va obodonlikni oshirish orqali aholining kundalik hayot sifatini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Zero, har bir mahalla obod bo‘lsa, shahar obod bo‘ladi. Har bir fuqaro o‘z yashash hududidan mamnun bo‘lsa, jamiyatda ijobiy muhit qaror topadi.

Slide 1 of 6