Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik tashabbusi bilan ijobiy natija ta’minlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yuqori Tallashqon mahallasida ichimlik suvi ta’minoti ishlar olib borilmoqda
янв.21
Mahalla hayoti — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan vazifalar tashkil etish qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Murojaatning ijobiy yechimi
янв.21
Deputat faolyati
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI
янв.21
ANGOR TUMANI DEPUTATi E’TIROF ETILDI
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Abdurazzaqova Zebo tomonidan "Do‘stlik" mahallasi hududidagi Yangiravot qishlog‘ida mahalla ichki yo‘llarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi ayrim ichki yo‘llari ta’mirtalab holga kelgani, ayniqsa, yomg‘irli kunlarda yo‘llarda loy va suv to‘planib, aholi harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

Hududda yashovchi fuqarolarning murojaatlari hamda joyida olib borilgan o‘rganishlar asosida ushbu masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Mahalla ichki yo‘llarini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratish masalasi doimiy e’tiborda bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

📸 O‘rganish jarayonidan lavhalar.

Slide 1 of 4